Tabriklaymiz! Siz Uzbek Jewellery Fair 2025 ko'rgazmasiga roʻyxatdan oʻtdingiz!
ORIENT JEWELRY brendi o‘z faoliyatini 2019-yilda boshlagan bo‘lib, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya mahsulotlarida zamonaviy dizayn yondashuvlarini qo‘llagan holda, mijozlarga estetik jihatdan mukammal, sifatli va nafis taqinchoqlarni taqdim etadi. Ishlab chiqarish jarayonida Turkiya, Italiya va Germaniya kabi yetakchi davlatlarning ilg‘or texnologiyalari va uskunalaridan foydalaniladi, bu esa mahsulotlarning aniqligi, bardoshliligi va xalqaro standartlarga mosligini ta’minlaydi. ORIENT JEWELRY o‘zining innovatsion yondashuvi, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari hamda professionallikka asoslangan yondashuvi bilan bozor ehtiyojlariga mos, yuqori talabga ega mahsulotlarni yaratib kelmoqda. Har bir buyumda uslub, sifat va zamonaviylik uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratiladi.