Tabriklaymiz! Siz Uzbek Jewellery Fair 2025 ko'rgazmasiga roʻyxatdan oʻtdingiz!
Kompaniya nomi: Odak Yo‘nalish: Turkiya zargarlik sanoati uchun asbob-uskunalar, texnik materiallar va sarflanadigan mahsulotlar yetkazib beruvchi yetakchi kompaniya. “Odak” kompaniyasi 2003-yilda Istanbulning tarixiy Buyuk Bozoriga yaqin joylashgan Cemberlitasdagi do‘koni bilan faoliyatini boshlagan. Hozirda ham ushbu manzilda faoliyat yuritmoqda. 2004-yilda silliqlash g‘ildiraklari ishlab chiqarish sexi, 2007-yilda sayqallash (polirovka) disklarini ishlab chiqarish sexi, 2008-yilda Kuyumcukentda ikkinchi filial, 2020-yilda quyma mum ishlab chiqarish sexi, 2021-yilda esa Kahramanmaraş Kuyumcukentda uchinchi filial tashkil etilgan. 20 yillik faoliyati davomida “Odak” Goldstar Powders, Komet, DLyte, Niqua, Connoisseurs, GemlightBox, Bertoncello va Graficarbo kabi zargarlik sanoatida xalqaro miqyosda tan olingan brendlarning eksklyuziv distribyutori bo‘lib xizmat qilgan. Kompaniya, shuningdek, sohaning boshqa mashhur brendlarining ham vakolatli distributori hisoblanadi. Strategik geografik joylashuv, zamonaviy ishlab chiqarish bazalari va yetakchi yetkazib beruvchilar tufayli, mahsulotlar 40 dan ortiq mamlakatga eksport qilinadi. Hozirda kompaniyada 3 ta ishlab chiqarish sexi va 3 ta savdo nuqtasida 32 nafar xodim faoliyat yuritmoqda: 12 nafar ishlab chiqarish, 8 nafar savdo, 3 nafar logistika va 9 nafar boshqaruv xodimi.